2018 va 2019 yillarda DXX idoralari tomonidan xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda 9 ta terrorchilik harakatining oldi olingan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu terrorchilik harakatlaridan 2 tasi O‘zbekistonda, 7 tasi hamdo‘stlik mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

Shuningdek, DXX tomonidan 625 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar musodara qilingan. 500 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yilgan. O‘zbekiston chegaralaridan noqonuniy olib o‘tilgan qariyb 97,7 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar musodara qilingan.

Ma’lumot uchun O‘zbekistonda 5 aprel kuni DXX xodimlari kuni deb belgilangan.