O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan yana 5 nafari butkul sog‘aydi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 298 nafar bemordan 30 nafari butkul sog‘aydi.

«Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarini, shuningdek, boshqa hududlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan, shu bilan birga, karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olgan barcha-barcha tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam», — deyiladi xabarda.