Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida Spark va «ZIL-130» to‘qnashuvi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

Hodisa 4 aprel kuni 00:50 da 4 P-96 avtoyo‘lining 3-kilometrida «Sariq» qishlog‘i hududida sodir bo‘ldi. 28 yoshli Spark haydovchisi F. Sh. avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va «ZIL-150» bilan to‘qnashgan.

Zarba natijasida yengil avtomobilda yong‘in chiqqan. Spark haydovchisi hamda uning yo‘lovchilari — 27 yoshli B. D. va 26 yoshli A. M. hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.