Zoom platformasidagi minglab videolar ochiq internet tarmoqlariga yuklandi. Bu haqda The Washington Post nashriyoti xabar berdi.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida karantin sababli «samoizolyatsiya» davom etayotganligi bois, uchrashuvlar, darslar va treninglar videoaloqa orqali tashkil etilmoqda. Ushbu platformalardan biri Zoom oxirgi oyda kuniga 200 mln foydalanuvchilar (dekabr oyida kuniga 10 mln) tomonidan ishlatildi.

The Washington Post ning ma’lum qilishicha, ochiq internet tarmoqlariga yuklangan ushbu videolar orasida foydalanuvchilarning ismi va telefon raqamlari berilgan shaxsiy muloqotlar, psixoterapiya sessiyalari, treninglar, kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari e’lon qilingan kichik biznes uchrashuvlari hamda foydalanuvchilarning yuzlari ko‘ringan va shaxsiy ma’lumotlari keltirilgan onlayn maktab darslari ham bor.

Ko‘plab videolar Zoom dasturi yordamida olingan va alohida onlayn plaftormada himoya kodisiz saqlangan. Zoomning tizimida saqlangan videolar ular orasida yo‘q.

Zoom barcha videolarni nomlashda bir xil so‘zlarni ishlatishi sababli, oddiy onlayn qidiruv tizimi orqali ko‘plab videolarni topish va yuklab olish mumkin, deyiladi nashriyotning xabarida. The Washington Post ushbu so‘zlarni ochiqlamasligini, hamda kompaniya ushbu xabar berilishidan oldin ogohlantirilganligini ma’lum qilgan.

Zoom videolari avtomatik tarzda saqlanmaydi, lekin barcha xostlar ushbu videolarni saqlash huquqiga egalar, boshqa foydalanuvchilar video saqlanishi boshlanganida eslatma olishadi.

AQSH Kongressining 19 vakili ushbu vaziyat yuzasidan kompaniyaning ma’lumotlarni yig‘ish va saqlash qoidalari bo‘yicha tushintirish berishini so‘rab murojaat qilgan.

Zoom kompaniyasining bosh direktori Erik Yuan platforma 2011 yilda tuzilganida, u bir kun kelib odamlar uydan turib ishlashlari, ta’lim olishlari va ijtimoiy tadbirlarni videoaloqa orqali o‘tkazishlarini tasavvur qilmaganligini aytgan. Yuanning Zoom foydalanuvchilaridan xavfsizlik bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun uzr so‘ragan, va injenerlar ushbu xatoliklarni tuzatishga kirishganligini ma’lum qilgan.