4 aprel soat 18:00dan boshlab avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar olish bo‘yicha arizalar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Arizalarni qabul qilish 6 aprel 18:00 dan boshlanadi.

Ma’lumot berilishicha, 4 aprel soat 17:00 holatiga markazlarga 165 619 ta ariza kelib tushgan, ulardan respublika bo‘yicha 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 — ariza oluvchilarning o‘zlari tomonidan qaytarib olingan.

Hozirgi vaqtda 60 832 arizani ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda. Agentlik rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni so‘ragan.