Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 3 taga oshib, 266 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ushbu holatlarning 25 tasida bemorlar to‘liq sog‘aygan bo‘lsa, 2 tasida hayotdan ko‘z yumgan.

Аввалроқ COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan bemorlar soni 14 kishiga oshib, jami 241 nafarga yetgan edi, keyinroq yana 22 kishi virus aniqlanib, 263 nafarga yetdi. Shunday qilib, 4 aprel kuni mamlakatda 39 yangi koronavirus holati aniqlandi.

Koronavirus bemorlari haqidagi statistik ma’lumotlar