Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami — 22286 ta holat aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Kun davomida esa karantin qoidabuzarliklari soni 2443 taga oshgan. Xususan, 2 aprel 9:00 holatida jami huquqbuzarliklar 19 843 tani tashkil etayotgan edi.

Hududlar kesimida qoidabuzarlik eng ko‘p Toshkent shahrida aniqlandi — 3 778 (bir kunda — 344 taga oshgan) keyingi o‘rinlarda Farg‘ona — 2762 ta (+250 ta), Toshkent — 2203 ta (+211), Samarqand — 2183 (+210), Qashqadaryo — 1636 (+390), Namangan — 1578 (+138), Jizzax — 1 469 (+60), Andijon — 1326 (+128), Surxondaryo — 1250 (+60), Sirdaryo — 1151 (+208), Buxoro — 1015 (+130) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 784 (+89) borayotgan bo‘lsa, Xorazm viloyatida — 869 (+213), Navoiy viloyatida esa — 275 (+7)ta holat aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qoidabuzarliklarning aksariyati jamoat joylarida niqob taqib yurmaslik hamda karantin joyini tashlab ketish bilan bog‘liq bo‘lib, huquqbuzarlar MJTKning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosida ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Unga ko‘ra, xususan, jamoat joyida niqob taqmaslik BHMning 5 baravarigacha (1 mln 115 ming so‘m), karantin joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish esa BHMning 20 dan 30 baravarigacha (4 mln 460 ming so‘mdan 6 mln 690 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.