«Mazmunli karantin» loyihasi davomida sizga TED|Uzbek Language jamoasi tomonidan o‘zbek tilidagi subtitrlar joylashtirilgan TED chiqishlari va TED-Ed darslarini, hamda O‘zbekistonda tashkillashtirilgan TEDx loyihalaridan chiqishlarni havola qilib boramiz.

Xorijiy tildagi videolarda o‘zbek tilidagi subtitrlar avtomat ravishda yoqilgan. Agarda o‘zbek tilidagi subtitrlar chiqmayotgan bo‘lsa, sozlamalar qismidan uni yoqishingiz va o‘zbek tilini tanlashingiz kerak.

«Bardosh ber» nomli qo‘shiq (jonli, 4 daqiqa)

Imogen Heap «Bardosh ber» nomli yorqin qo‘shig‘ining qisqartirilgan versiyasini kuylab beradi.

Grammatika nega muhim (4 daqiqa)

Ba’zida og‘zaki nutqda grammatik qoidalarga rioya qilmasligimiz mumkin. Qaysi gap to‘g‘ri: «Itim bilan aylangani chiqdim» yoki «Itim bilan aylangani chiqdik» deyishmi? Qanaqadir farqi bormi o‘zi? Andrea Kalyude preskriptiv va deskriptiv lingvistik maktablarining asrlar davomidagi bahslarini kuzatib keladi. Ushbu maktab vakillari masalaga turlicha yondashishadi.

«TED Talk» dunyoning turli burchagidagi yorqin fikr namoyondalarining ommalashuvga munosib g‘oyalarini («Ideas worth spreading») almashishlari uchun yaratilgan o‘ziga xos platforma vazifasini bajaradi. 1984 yili TED (Technology, Entertainment, Design) birinchi marta tashkil etilganda, unda texnologiya, san’at va dizaynga oid mavzular muhokama qilingan. Bugungi kunga kelib esa, TED doirasida dunyoning 110 tilida atrof-muhit masalalaridan tortib, san’at sohasigacha bo‘lgan mavzular qamrab olingan.