Davlat xizmatlari agentligi (DXA) yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) berilishi bilan bog‘liq murojaatlariga munosabat bildirdi.

MyTaxi va Express 24 taksi va yetkazib berish xizmatlari asoschisi Akmal Payziyev 31 mart kuni uning kompaniyasi stikerlar ololmagani haqida ma’lum qildi.

«Hurmatli mijozlar, Express 24dagi buyurtmalaringiz ushlanib qolayotgani uchun uzr. Biz mamlakatda taom va mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha eng yirik kompaniya bo‘lishimizga qaramasdan, birorta ham stiker ololmadik», — deb yozgan edi Akmal Payziyev. Keyinroq, 3 aprel kuni tadbirkor ruxsatnoma olganini ma’lum qildi.

Les Ailes va Chopar umumiy ovqatlanish tarmoqlari asoschisi Ahmad Meliboyev ham 2 aprel kuni uchinchi kundirki stiker olishni kutayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bringo yetkazib berish xizmati, Evos, Street 77, Barbeque Burger umumiy ovqatlanish tarmoqlari, Pie Republic kafesi, farmatsevtika kompaniyalari va boshqalar ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan.

«Stikerlar imtiyoz emas, karantin sharoitidagi qat’iy choradir»

Davlat xizmatlari agentligi stikerlarning imtiyoz emas, balki karantin sharoitidagi qat’iy chora ekanini ma’lum qildi.

DXA ma’lumotlariga ko‘ra, ruxsatnomalarga bo‘lgan talab yuqoriligi hisobga olinib, davlat xizmatlari markazida ish rejimi 24 soatlik asosida tashkil qilingan.

Odatda yangi xizmat joriy eilishidan oldin sinovdan o‘tkaziladi, 2−3 oy mobaynida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha reglament ishlab chiqiladi,boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari tayyorlanadi, xodimlar o‘qitiladi. Talabnomaning asosliligini aniqlash mezonlariva xodimlar tomonidan barcha tafsilotlarning tushunishi muhim ahamiyat kasb etadi, deyiladi xabarda.

«Hozirgi holatda esa, yangi xizmat 12 soatdan kam bo‘lgan vaqt ichida joriy etildi, onlayn-portal ishi birkecha-kunduzda yo‘lga qo‘yildi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida esa, elektron raqamli imzoning shartligi talabi bekor qilindi, karantin sababli uyga yuborilgan xodimlar jalb qilindi, zudlik bilan ularni o‘qitish ishlari tashkillashtirildi. Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan xizmat ko‘rsatish tartibi esa 31 martdan kuchga kirdi», — deya ta’kidlangan DXA xabarida.

Shu kunlarda qisqa vaqt ichida 150 mingdan ortiq talabnoma kelib tushdi, shundan respublika bo‘yicha 19 660 ta ruxsatnoma berildi, 46402 tasiga rad javobi berildi, 10 004 tasi talabgorlarning o‘zi tomonidan qaytarib olindi.

DXA ma’lumotlariga ko‘ra, bir kunda barcha davlat xizmatlari markazlarida 20 mingdan arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha xolisjismoniy imkoniyat bor. Ayni damda ularni ko‘rib chiqish jarayoni IIVorganlari vakillari bilan hamkorlikdaamalga oshirilmoqda.

«Onlayn rejimda ishlashga o‘tilishi munosabati bilan birinchi kunda kuzatilganidek odamlarning to‘planib turishi hozirgi kunda mutlaqo bartaraf etildi», — deyiladi xabarda.

Mirobod tumanidagi davlat xizmatlari markazidagi navbat, 29 mart.

Kurerlarning muammosi:taqdim etilayotgan hujjatlar sifatida

Agentlikning qayd etishicha, stiker olish — bu rasmiy jarayondir, barcha hujjatlar o‘rnatilgan talablarga muvofiq taqdim etilishi kerak. Har bir xodim talabnomani ko‘rib chiqqanligi va hujjatlarning to‘liqligi uchun javobgar hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yirik kurerlik firmalari va mahsulot tashuvchilar ular yirik bo‘lishlariga qaramay, stikerlar ololmayotganlari haqida shikoyatlar yozishdi.

«Ushbu tizim yirik va kichikkompaniyani bir-biridan ajratmaydi. Agarda shunday imkoniyat bo‘lsa, shikoyatlar kichik kompaniyalar tomonidan aytilgan bo‘lardi va bu asosli. Shu bois, kompaniyaning darajasi yoki „mashhurligi“ davlat xizmatlari markazlari uchun hech qanday ahamiyatga ega kasb etmaydi», — deyiladi DXA xabarida.

Faqat alohida holatlardagina Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, stikerlar davlat xizmatlari markazlari tizimidan emas, bevosita Adliya vazirligi tomonidan berilishi mumkin, bu ushbu komissiya protokolida ham yozib qo‘yilgan.

Ikkinchidan, mazkur yirik kurerlarning hujjatlar bilan bog‘liq ancha muammolari bor. Axir ularhamisha o‘z yetkazib beruvchilari bilanma’lum bir shartnomalar tuzmasdan yoki ishga olish to‘g‘risidagi buyruqlarsiz, norasmiy tartibda ishlaganlar. Hamma shoshilinch ravishda shartnoma tuzdi va (vaqtinchalik) buyruq qabul qildi.

«Ijtimoiytarmoqlarda, ayrim tashkilotlar yetkazib beruvchilarni pulga „ishga joylash“ bo‘yicha ayrim ishlarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida xabar tarqatilgan paytda, bu holatda, talabgorlarning ishonchliligiga ishonsa bo‘ladimi? „Yetkazib beruvchi“ haqiqatan ham haqiqiy yetkazib beruvchi ekanligini qanday aniqlash mumkin? O‘z navbatida,o‘rnatilgan tartibda xodimlarningmehnat daftarchalarini taqdim etish zarurligi to‘g‘risidagi talablar ko‘rsatilgan. Bironta ham yetkazib beruvchi ushbu talabni to‘liq qondiraolmadi», — deya ma’lum qildi DXA.

DXA ayrim tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali bosim o‘tkazishi (pressing)ga o‘ta boshlashi, hozirgi murakkab sharoitda, juda nomaqbul amaliyot, deb hisoblashini ma’lum qildi.

Chiroyli raqamliva premium sinfdagi avtotransport vositalari

Davlat xizmatlarimarkazlarida premium sinfdagi yoki chiroyli raqamliavtotransport vositalariga stikerlar berilmaydi. Rasmiy nuqtai nazardan qaraganda,ular ham yo‘l harakatining teng huquqli ishtirokchisi hisoblanadilar. Ushbu asosda berilgan rad javoblari bo‘yicha ham ko‘plab shikoyatlar kelib tushdi.

Shunday bo‘lsa-da, bu kabi avtotransportlar ham stikerlar olishi mumkin: ular davlat yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Maxsus komissiya qaroriga boshqa tashkilotlar (to‘qimachilik, sanoat, ishlab chiqarish korxonalari va b.sh) ga tegishli bo‘lishsa.

DXA fuqarolardan bunday avtomobillarga berilgan ayrim stikerlar asossiz berilgan, deb hisoblagan taqdirda, agentlikka xabar berishlarini so‘radi va ular tekshirilib, zarur hollarda stiker bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.

Transport harakatiga taqiq joriy etilgan birinchi kunda Toshkent ko‘chalaridagi Chevrolet Malibu (30 mart).

Korrupsiyaga qarshi tizim

Stikerlarga bo‘lgan yuqori talab va korrupsiya xavfi mavjud ekanligi tufayli Adliya vazirligi tomonidan stikerlarni berish jarayonini ichki nazorat qilish bo‘yicha 3 darajali maxsus tizim joriy etildi. Agentlikningmarkaziy apparat vakillari har bir markazdagi ish jarayonini nazorat qilishmoqda, stikerlar berishning asosliligini monitoring qiluvchi alohida shtab tuzildi. Adliya vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bo‘lim muvofiqlashtirishi ostida shtab tashkil etildi. U stiker berishdagi barcha jarayonlar ustidan umumiy monitoringni amalga oshiradi, bu boradagi shubhali holatlarni tekshiradi.

«Shu bilan birga ko‘pchilikstikerlarning ortidan quvib eng asosiy masalani unutib qo‘ydi. Stikerlar — imtiyoz emas, ular shahar ko‘chalarida transport vositalarining harakati sezilarli darajada kamaygan sharoitda aholining keskin ehtiyojlarini qondirishda uzilishlarning oldini olish uchun zarur», — deya qayd etdi DXA.