2020 yilning 31 dekabrga qadar ro‘yxat bo‘yicha mamlakatga tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilandi. Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida bu haqda so‘z boradi.

Nol stavkali bojxona boji va aksiz soliqlari quyidagi mahsulotlar uchun belgilandi:

  • baliq
  • bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni
  • guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan boshoqli donlar;butun, oqlangan, yorma ko‘rinishda yoki yanchilgan boshoqli don murtagi;
  • shakar
  • Kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari;
  • Sabzavotlar: piyoz va uning turlari, sabzi, sholg‘om, shirin lavlagi, echkisoqol, selderey ildizi, rediska va boshqa shunga o‘xshash iste’mol qilinadigan ildizmevalar; bodringlar
  • parranda tuxumlari
  • sariyog‘,
  • dukkakli sabzavotlar
  • spagetti, makaronlar, ugra, lazanya, kletski, ravioli, kanneloni makaron mahsulotlari; kuskus
  • shamlar, gugurtlar
  • qog‘ozlar, sellyuloza momig‘i va sellyuloza tolasidan mato
  • dastro‘molchalar, kosmetik salfetkalar, sochiqlar, dasturxonlar, salfetkalar, choyshablar va shunga o‘xshash buyumlar, qog‘oz massasi, qog‘oz, sellyuloza momig‘i yoki sellyuloza tolasidan kiyim-kechak va unga tegishli buyumlar
  • Tibbiyot, xirurgiya, stomatologiya yoki veterinariyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan qoplangan paxta, doka, bint va shunga o‘xshash buyumlar (masalan, bog‘lash materiallari, leykoplastirlar, priparkalar);
  • Sovun; sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va vositalar; suyuqlik yoki krem ko‘rinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari;
  • yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari;
  • Ozon, kislorod va aerozol terapiyasi uchun sun’iy nafas olish yoki boshqa terapevtik nafas oldirish apparatlari;
  • Turli materiallardan tayyorlangan ayollarning gigiyenik prokladkalari va tamponlari, bolalar yo‘rgaklari va tagliklari hamda shunga o‘xshash buyumlar.

2020 yilning oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz solig‘i, shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘ining amaldagi stavkalari saqlanib qolinadi.