Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 6 taga oshib, 227 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 3 aprel soat 9:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 16 taga oshib, 221 nafarga yetgan edi.