Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram-kanalidagi reklama aksiyasidan tushgan mablag‘larni koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun xayriya qildi.

Blogerning qayd etishicha, 28 mart kuni kanalida ijtimoiy aksiya e’lon qilgan. Unga ko‘ra, 1 oy davomida korxona va tadbirkorlar uchun @xushnudbek kanalida reklama joylashtirishga katta chegirma belgilangan.

Mazkur aksiya doirasida 5 kun ichida kanalda berilgan reklamalardan 30 mln so‘m kelib tushgan va 2 aprel kuni ushbu mablag‘lar «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi hisobiga o‘tkazib berilgan.