Hindistonning Cadila Pharmaceuticals kompaniyasi «Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasi hududida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish chiqaradigan korxona tashkil etadi. Bu O‘zbekiston hukumatining 30 martdagi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar berdi Norma.uz.

Kompaniya loyihani amalga oshirishga besh yil davomida 50 mln dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda, ushbu mablag‘larning eng kamida 10 mln dollari birinchi bosqichda — 2020−2021 yillarda o‘zlashtiriladi. Korxona 400 kishini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashi kerak.

Korxonada 30 nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishi kutilmoqda.