Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi D. Musinov karantinga olindi. Bu haqda O‘zA Payariq tumani hokimligi axborot xizmatining rasmiy ma’lumotiga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, hokim D. Musinov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan paytda Turkiya respublikasida xizmat safarida bo‘lgan. Ayni paytda mamlakatga qaytgan hokim karantinga olingan.

Shuningdek, bugungi kunda tuman hokimi D. Musinovning sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng yaqin kunlarda ish faoliyatini davom ettiradi deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 23 martdagi 176-son qaroriga asosan, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.