1 aprel kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana to‘rt nafari butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ularning bir nafari BAAning Dubay shahridan, yana bir nafari Turkiyadan kelgan, qolgan ikki nafari esa koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan fuqarolardir.

Bemorlarni sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.

Ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 12 nafarga yetdi.