1 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning aytishicha, Toshkent shahridagi Virusologiya institutining klinikasida hozirda 92 kishi davolanmoqda. Ulardan 21 tasida pnevmoniyaning klinik alomatlari bor, 5 nafarining ahvoli og‘ir, ikkki nafar bemorning ahvoli barqaror og‘ir deb baholanmoqda.