XXR Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Mi Fen mamlakat hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi to‘xtatilganini ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

«28 mart holatiga ko‘ra tasdiqlangan infeksiya bilan zararlanish holatlari 3000 tadan kamroqni tashkil etmoqda», — deya aniqlik kiritdi u.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon qariyb 82 mingta kasallanish holatlari qayd etildi, 75,5 ming nafardan ziyod bemor sog‘aydi, 330 nafari vafot etdi.

Bugungi kunda COVID-19 pandemiyasi Antarktidadan tashqari barcha qit’alarda 177 ta mamlakatda tasdiqlandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 727 mingdan ziyod ming kishi infeksiya yuqtirdi, 34 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limlar soni bo‘yicha Italiya birinchi o‘rinda bormoqda (10 mingdan oshdi). Keyingi o‘rinlarda esa Ispaniya, Xitoy, Eron, Fransiya va Buyuk Britaniya bormoqda. Eng ko‘p kasallanish holatlari esa AQSHda — 143 ming kishidan ortiq.