O‘zbekiston prezidenti 9 may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirish hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirishni nazarda tutgan farmonga imzo chekdi.

Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 mln so‘m miqdorida bir marotabali pul mukofoti belgilandi.

Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.