30 mart kuni O‘zbekistonga Turkmaniston hududidan iliq havo kirishi bilan ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati. Harorat iliydi va me’yoriy qiymatlardan bir oz yuqori bo‘lib, 20−25 daraja iliq atrofidani tashkil qiladi.

31 mart kuni esa Kaspiy dengizi janubi-g‘arbiy qismi ustidagi janubiy siklon O‘zbekiston hududiga siljib, bulutlilik ortadi va respublika hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Haorat kechasi 7−12 daraja, kunduzi 18−23 daraja bo‘ladi.

1 aprelda Kavkazdan sovuq antitsiklon kirishi bilan mamlakat hududining katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzi harorat pasayib, 13−18 daraja iliqni tashkil qiladi.

2 aprelda tunda va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo nobarqaror bo‘lib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi harorat 5−10 daraja bo‘ladi, kunduzi bir oz ko‘tarilib 15−20 darajani tashkil qiladi.

3 aprelda respublikaning katta qismida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda faqat shimoliy tumanlarda Qozoqiston hududidan sovuq havo oqimi kirishi natijasida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat mamlakatimizning katta qismida kechasi 7−12 daraja bo‘ladi, kunduzi 20−25 darajagacha ko‘tariladi, shimolda yomg‘ir bilan 15−20 darajani tashkil qiladi.

4 aprelda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat avvalgidek saqlanib, shu kun uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan bir oz yuqori bo‘ladi.