Xitoyning «Norinko», «Viyek Tochmash», «Xaytera», «Poli Texnolodji» va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi, deya xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ular bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va tana haroratini o‘lchovchi teplovizorlardan iborat.


Mazkur insonparvarlik yordami 29 mart kuni Mudofaa vazirligining maxsus havo laynerida O‘zbekistonga olib kelindi.

Bu tibbiyot buyumlari 30 mart kunidan boshlab respublikada karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari, shuningdek, ularga ehtiyoji bor boshqa shaxslarga tarqatilishi rejalashtirilgan.