O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 nafarga oshib, ularning umumiy soni 145 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

28 mart kuni ushbu infeksiya ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan jiyanida aniqlandi.

20 nafar bemorda ayni vaqtda pnevmoniya kuzatilmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 2 kishining ahvoli esa nisbatan og‘ir.

Yakshanba kuni 7 nafar bemor to‘liq sog‘ayib, shifoxonadan ruxsat berilgani, ular ayni damda reabilitatsiya markazida ekani xabar qilingan edi.