Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshib, 144 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

29 mart ertalab koronavirus holatlari soni 29 taga oshib, 133 taga yetgan edi. Shu bilan birga, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 7 nafar fuqaro to‘liq sog‘ayib, Respublika virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan reabilitatsiya markaziga o‘tkazilishdi.