O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklaridan insonparvarlik yuklarini qabul qilib oldi, deya xabar berdi «O‘zbekiston 24» telekanali yangiliklar xizmati.

Toshkent xalqaro aeroportiga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan niqoblar, kombinzonlar, qo‘lqoplar va boshqa himoya vositalarini o‘z ichiga olgan 8,1 tonnalik yuk yetkazildi.

Yuk O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi. Ular koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan va karantindagi fuqarolar joylashtirilgan tibbiyot muassasalariga tarqatiladi.