Ayni vaqtgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ularning 6 nafari 26 mart kuni Moskva-Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26 mart kuni Istanbul-Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafarи bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasidan aniqlangan.

Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi.