27 mart kuni soat 12:00 dan boshlab, Navoiy va Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga viloyatning barcha hududlaridan kirish va respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

Cheklovlar quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:

  • yuk tashish bilan bog‘liq hollarga
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga o‘z shahar yoki tumanlariga kirish uchun;
  • viloyat tumanlaridan ushbu shahar yoki tumanlardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari;
  • viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan ma’sul xodimlarga.

Bundan tashqari soat 27 matr kuni soat 12:00 dan boshlab ushbu hududlarda avtobuslar harakati to‘xtatiladi.

Oldinroq, Samarqand, Buxoro, Andijon va Namangan shaharlari transport kirishi va chiqishi uchun yopilayotganini ma’lum qilgan edik.