27 mart kuni O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining 4 nafar o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

26 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi etib qayta tashkil etilishi ma’lum qilingan edi. Vazirlik boshqaruvini Jamshid Qo‘chqorov davom ettirishi belgilandi va unga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.


Ortiqov Akmalxon Jo‘raxonovich vazirning birinchi o‘rinbosari lavomizimiga tayinlandi.

Akmalxon Ortiqov (1980 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot institutini tamomlagan. 2001 yildan 2013 yilgacha moliya vazirligi tarkibida turli lavozimlarda ishlagan.

2013−2015 yillarda Namangan viloyati, 2015−2017 yillarda Farg‘ona viloyati hokimiyati moliya boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 2017 yillarda Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2017−2018 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini turmush darajasini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2018−2019 yilgacha Farg‘ona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Akmalxon Ortiqov Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.


Norqulov Ilhom Ibroximovich vazirning birinchi o‘rinbosari lavomizimiga tayinlandi.

Ilhom Norqulov (1981 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakul’teti hamda Glazgo Universitetining (Buyuk Britaniya) «Iqtisodiy rivojlanish» yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Markaziy bankdagi faoliyatini 2010 yilda bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2013−2018 yillarda Markaziy bankning Monetar siyosat departamentiga rahbarlik qilgan.

Tayinlovga qadar Ilhom Norqulov Markaziy bank boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.


Abdinazarov Bobur Kalandarovich vazirning o‘rinbosari lavomizimiga tayinlandi.

Bobur Abdinazarov (1983 yilda tug‘ilgan,) 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2003). Shuningdek, Yaponiya Xalqaro universitetida tahsil olgan.

O‘z faoliyatini 2005 yilda Rishton tumani «Rishton teks» OAJ bosh hisobchi yordamchisi, direktor o‘rinbosari sifatida boshlagan. 2007 yildan O‘zbekiston Moliya vazirligi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan.

2007−2010 yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Xo‘jalik hisobidagi korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyoti bo‘limi bosh iqtisodchisi. 2010- 2014 yillarda Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobi uslubiyoti bo‘limi bosh iqtisodchisi va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

2017−2018 yillarda Moliya vazirligi Agrosanoat majmui moliyasi boshqarmasining Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini iqtisodiy tahlil qilish, hamda qishloq va suv xo‘jaligi moliyasi bo‘limiga rahbarlik qildi. 2018−2019 yillarda Moliya vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar B.Abdinazarov Moliya vazirligi Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish departamenti direktori lavozimida ishlagan.


Boboyev Adiz Muzafarovich vazirning o‘rinbosari lavomizimiga tayinlandi.

Adiz Boboyev (1972 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (1993) tamomlagan.

1993−1996 yillarda Buxoro viloyati Moliya boshqarmasining monopoliyaga qarshi kurash va narx siyosati bo‘limi 1-toifali iqtisodchi, yetakchi iqtisodchi, 1996−1996 yillarda Buxoro shahar hokimligi Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1996−2002 yillarda Buxoro viloyati moliya boshqarmasida bir nechta bo‘limlarda rahbarlik qilgan.

2002- 2007 yillarda Buxoro viloyati xokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — jamlanma byudjet bo‘limi boshlig‘i va boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2008−2010 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining Daromadlarni prognozlashtirish bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan.

2010−2012 yillarda Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasining Daromadlarni rejalashtirish va jamlangan byudjet tushumlarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2012 -2017 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘armasining ijro etuvchi direktori o‘rinbosari bo‘lgan.

2017−2017 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining ijro etuvchi direktori o‘rinbosari, 2017−2019 yillarda Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi, boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Tayinlovga qadar A.Boboyev Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash Departamenti direktori lavozimida ishlagan.


Rustamov Olimxon Bakiyevich vazirning o‘rinbosari lavomizimiga tayinlandi.

Olimxon Rustamov (1966 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2005−2014 yillarda hisob palatasining bosh inspektori, 2014−2016 yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktorining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2016 -2017 yilgacha «O‘zbekneftgaz» ning iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

2017 -2019 yillarda O‘zbekiston Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tushumlar to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasiga rahbarlik qilgan.

Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.