Botir Erkinovich Zohidov O‘zbekiston Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi MB matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Ushbu tayinlovga qadar u 2017 yil avgustidan buyon MB raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Botir Zohidov (1982 yilda tug‘ilgan) Toshkent moliya institutini (2003) va Bank-moliya akademiyasini (2008) tamomlagan. U Markaziy bankning valyuta ayirboshlash operatsiyalari bo‘limini boshqargan.

Markaziy bank rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Ilhom Ibroximovich Norqulov yangi tashkil etilgan iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘alikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda, deya xabar berdi «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbalari.

U 2019 yil may oyidan beri Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Ilhom Norqulov (1981 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Glazgo universitetini (Buyuk Britaniya, magistr) tamomlagan.

Iqtisodiyot vazirligi tizimida va iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasida ishlagan. U Markaziy bankda o‘z faoliyatini 2010 yilda bosh iqtisodchi lavozimidan boshlagan. 2013 yildan 2018 yilgacha u Markaziy bankning pul-kredit siyosati bo‘limini boshqargan, 2018 yildan 2019 yilgacha Markaziy bank rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etilishi ma’lum qilingan edi.