27 mart kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning COVID-19 koronovirus infeksiyasiga qarshi test natijasi ijobiy chiqdi. Bu haqda bosh vazir o‘zining Tvitter sahifasida xabar berdi.

Boris Jonson videomurojaatida qayd etilishicha, unda oxirgi 24 soat ichida koronavirus infeksiyasining yengil alomatlari paydo bo‘lib test topshirgan va natijasi ijobiy chiqqan.

Hozirda bosh vazir karantinga olinganiga qaramasdan, o‘z uyidan turib vedeokonferensiya orqali hukumatni boshqarishni davom ettirishini ma’lum qildi.

Shuningdek, «buni birgalikda yengamiz», deya o‘z murojaatini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirollik oilasining vorisi Uels Shahzodasi Charlzda ham koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan edi.