Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 5 nafarga oshib, 88 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ushbu infeksiyani yuqtirib olganlarning 2 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 2 nafari Xorazmda va bir nafari Toshkent shahrida qayd qilingani tasdiqlandi.