26 martdan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar «Indiyskoye kino», «Dom Kino», «Disney», «Yeuronews» va «Discovery channel» telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi. Bu haqda AKT vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi.

Mazkur qaror koronavirus infeksiyasi sababli karantin sharoitida uyda yoki izolyatsiyada bo‘lganlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilishicha, agar ushbu telekanallar teletomoshabinlarning qurilmalarida mavjud bo‘lmasa, qurilmadagi «avtoqidiruv» funksiyasidan foydalanib topish mumkin.