26 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga binoan Islamova Nargis Zaribdjanovna Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Nargis Islamova poytaxt DSB Soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Nargis Islamova Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini Muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U 1993 yildan buyon davlat soliq organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda va soliq xizmatining 3-chi darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.