Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Cobalt va «KAMAZ» to‘qnashuvi natijasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 24 mart kuni 02:30 da A-373 avtoyo‘lining «Toshkent-Termiz» yo‘nalishida 6-kilometrida sodir bo‘ldi. Cobalt haydovchisi mashinani bitta yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «KAMAZ»ning orqa qismiga borib urgan.

Cobalt yo‘lovchisi A. A. tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan shifoxonada olgan tan jarohatlari ortidan vafot etdi.

Tuman IIB Tergov bo‘limi hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.