24 martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Ma’muriy amaliyot, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, Transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish (texnik ko‘rikdan o‘tkazish) bo‘lim va bo‘linmalarida fuqarolar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, belgilangan muddatlarda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmagan hamda texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmasligi ma’lum qilingan.