26 mart kunidan e’tiboran «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga kamaytiriladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi. Oldinroq, Ai-91, Ai-92 va Ai-95 markali benzin narxlari pasayishi kutilayotganligi haqida «Gazeta.uz» manbasi xabar bergan edi.

Kompaniya boshqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilg‘isining narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib borilishini ma’lum qildi.

«O‘zbekneftgaz», avvalo, iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan benzinning narxini pasaytirib boradi.