Ayni paytda Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida Toshkent shahridan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar ham bor. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 55 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlarning 2 nafari Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgach, unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanayotganligi ma’lum qilingan.