O‘zbekiston Energetika vazirligi Toshkentning Yunusobod tumanida tajriba tariqasida elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy me’yorlarini joriy etish bo‘yicha tajribani bekor qilish iltimosi bilan Adliya va Moliya vazirliklariga murojaatnoma yubordi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur qaror karantin sababli ko‘pchilik odamlar vaqtini uyda o‘tkazayotgani va o‘z-o‘zidan ko‘proq elektr energiyasi sarflanayotgani sababli ular uchun boshqa tumanlar aholisi bilan teng sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yunusobod tumanida 2019 yilning 1 yanvaridan buyon tajriba tariqasida har bir abonent uchun bir oyga 300 kV/soat miqdorida elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy me’yori joriy etilgan edi. Elektr energiyasi iste’moli ushbu me’yordan oshgan taqdirda, har bir kV/soat elektr energiyasi uchun 1,2 baravar miqdorda qimma tarif qo‘llaniladi.