24 mart 14:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 0−9 yoshgacha — 4 nafar, 10−19 yoshgacha — 1 nafar, 20−40 yoshgacha — 27 nafar, 40−50 yoshgacha — 7 nafar hamda 50−59 yoshgacha — 4 nafar, 60−70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.