24 martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi barcha respublika ichidagi aviaqatnovlarini noma’lum muddatga bekor qilishi haqida xabar berdi.

Aviakompaniya qatnovlar qayta tiklangandan keyin aviachiptalarni istalgan sanaga qayta bron qilish mumkinligini ma’lum qilgan.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, kompaniya ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi davlatlardan qaytganidan so‘ng karantinda bo‘lishi sababli, mamlakat fuqarolarini qaytarish bo‘yicha tashkil etiladigan charter reyslar 3 kunga qoldirilgan.

Oldinroq ushbu sanadan boshlab Toshkent shahriga barcha transport vositalarining (avia, temir yo‘l va avtomobil) kirishi va chiqishi taqiqlanganligi haqida xabar bergan edik.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasining ma’lum qilishicha, xarid qilingan chiptalar qaytarib olinadi va chipta pullari xech qanday foiz ushlanmasdan qaytarib beriladi. Elektron chiptalar kompaniya sayti orqali qaytariladi.