O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi «A.Ibragimov», «Muhabbat», «Navbahor», «Yoshlik», «Sharlauq» «Oxunboboyev», «Obod», «Sayapir», «Shexlar», «Pastom» va «Saidlar» hamda Tuproqqal’a maskani hududidagi «Sarimoy», «Nukus», «Hazorasp» va «Tuproqqal’a» mahallalar hududlari tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Pitnak shahri esa, Tuproqqal’a tumanining ma’muriy markazi etib belgilanmoqda.

O‘z navbatida, chegarasi o‘zgartirilayotgan Hazorasp tumanidagi saylov okruglaridan (25-Qizilqum, 26-Sharlauq, 27-Temur, 28-Nurushlar, 29-Sayapir, 30-Shexlar) saylangan xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi deputatlari xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.