24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda transport vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.