24 mart kuni soat 06:00 dan boshlab Samarqand viloyatida shaharlararo (tumanlararo) jamoat transporti (avtobus) qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

23 mart soat 13:00 holatiga Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar qayd etilmagan.

Hozirda Samarqand viloyatiga chet davlatlardan kelgan jami 1162 nafar fuqarolar 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Nazoratda turganlarning sog‘ligi yaxshi, tana harorati ko‘tarilgan fuqarolar yo‘q deyiladi xabarda. Kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar barchasi maxsus Covid-19 koronavirusga laboratoriya test sinamalaridan o‘tkazilgan bo‘lib, hozirga qadar manfiy javob olingan.

Shuningdek, qo‘shimcha olib kelinuvchi fuqarolar uchun viloyatdagi yana 3 muassasada 570 o‘rin tayyorlangan.