O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Orif Alviy va bosh vaziri Imron Xonni ushbu mamlakatning milliy bayrami — Pokiston kuni bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lumot uchun, 1956 yil 23 martdan buyon Pokistonda ushbu sana milliy bayram sifatida nishonlanadi. Bu kuni Pokiston Dominioni mustaqil Pokiston Islom Respublikasiga aylangan.