Fuqarolar tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘i va telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ikki oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 23 martdagi Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorida aytilgan.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston hududida 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi.