O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 45 kishiga yetdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xorijda bo‘lib koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana ikki shaxsda COVID-19 koronavirusi aniqlangan.

22 mart kuni umumiy ravishda 4 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan. Oldinroq Shveysariya va Turkiyadan kelgan yo‘lovchilarda koronavirus aniqlangan edi.