24 mart soat 00:01 dan boshlab Qoraqalpog‘iston va viloyatlardan Toshkentga hamda Toshkentdan Qoraqalpog‘iston va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga tayanib xabar qildi.

Infeksiya tarqalishi xavfi sababli 22 martdan Toshkentda jamoat transporti, jumladan metro, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar harakati to‘xtatilgan edi. Ayni vaqtda poytaxda faqat dezinfeksiya qilingan taksilar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.