Xorijda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 mart kuni umumiy ravishda 4 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan. Oldinroq Shveysariya va Turkiyadan kelgan yo‘lovchilarda koronavirus aniqlangan edi.