O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana bittaga oshib, 43 nafarga yetdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Qayd etilishicha, ushbu infeksiya aniqlangan fuqaro Istanbulda bo‘lib qaytgani ma’lum bo‘ldi.

Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning qayd etishicha, hozirgi paytda koronavirus kasalligi Toshkent shahridan tashqari Xorazm viloyatida bitta bemorda qayd etilgan.