Jahon bankining Direktorlar kengashi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun $500 mln miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.

Loyiha O‘zbekistondagi qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiyalash, amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish va mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ilg‘or ishlanmalarni joriy etishga yordam beradi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, loyiha faoliyati tufayli fermerlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish, turli qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatlar, agro logistika xizmatlari va biznesni rivojlantirish uchun uzoq muddatli kreditlar olish, shuningdek, uning mahsuldorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va assortimentini yaxshilaydi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda ishtirokini oshiradi.

«O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning 30 foizdan ortig‘i qishloq xo‘jaligida yaratilgan. Bu erda jami ishchi kuchining 27 foizi yoki 3,6 millionga yaqin ishchi ishlaydi va eksportdan tushgan daromadning 25 foizi ishlab chiqariladi, — dedi Xideki Mori, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. — Sohani modernizatsiya qilish qishloq joylarda yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratishga, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga va mamlakatning eksport daromadlarini oshirishga yordam beradi».