O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, Sergey Lavrov «O‘zbekiston-Rossiya strategik sherikligini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik munosabatlari va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasining tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim mintaqaviy va global ahamiyatga ega tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan» mukofotlandi.