20 mart kuni kechga borib ob-havo o‘zgarib, tungi soatlarda butun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Ertaga Navruz bayram kunida kun davomida respublikada yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-sharqiy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Mamlakatning barcha hududlarida kunduzgi havo harorati 18−23 darajani tashkil qiladi, bu me’yordan 2−3 darajaga yuqori. Shamolning tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Mamlakat poytaxtida kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5−10 m/s tezlikda esadi, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14−14 daraja iliq, kunduzi 18−20 darajani tashkil qiladi.

Dam olish kunlarida nam havo oqimi respublika hududidan chiqib ketadi. Ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, harorat kechasi 10−15 daraja, kunduzi 20−25 daraja bo‘ladi, bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4−5 darajaga yuqoridir.